Hurmatli mojozlar! Rasmiy xabar

Rasmiy xabar

Hurmatli mojozlar!

“UzAuto Motors” AJ mijozlarimizning xohishlarini inobatga olgan holda, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tijorat banklari orqali sotib olish uchun yangi shartlarni taklif qiladi. Ushbu mexanizm o‘z samaradorligini ko‘rsatganligi sababli kompaniya uni rivojlantirishni davom ettirishga va mijozlarga yanada qulay shartlarni taklif qilishga qaror qildi.

Endilikda xaridorlar Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini bo‘lib to‘lash sharti bilan avvalgi 50 % o‘rniga kamaytirilgan 20% boshlang‘ich to‘lovdan boshlab xarid qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek, yillik 0% dan boshlanadigan foiz stavkasi hamda soddalashtirilgan va tezkor rasmiylashtirish jarayoni taqdim etiladi.

Shartlar, komplektatsiyalar va hamkor banklar haqida batafsil ma’lumotni uzautomotors.com (https://uzautomotors.com/) va chevrolet.uz (https://chevrolet.uz/) rasmiy saytlarida, shuningdek “UzAuto Motors” AJ  ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda tijorat banklarining filiallarida olishingiz mumkin. 

Ma’lumot uchun telefon: (78) 141-77-77