Chevrolet Damas Move & Max — kundalik ish faoliyati va shahar hamda shahar atrofi yo‘llarida muntazam foydalanish uchun mo‘jallangan amaliy va ixcham avtomobil. Modelning universal platformasi avtomobildan yuk tashish uchun ham, yo‘lovchilarni tashish uchun ham samarali foydalanish imkonini beradi. Bu esa kundalik vazifalarda ishonchlilik va funksionallikni ta’minlaydi.
Chevrolet Damas Max interyeri kun davomida ko‘p vaqt rulda bo‘ladigan haydovchilar uchun mo‘ljallangan. Kabina ikki kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, yuk bo‘limidan mustahkam panjarali to‘siq bilan ajratilgan. Bu xavfsizlikni oshiradi va shovqin darajasini kamaytiradi.
Chevrolet Damas Move yo‘lovchilarni muntazam tashish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, komplektatsiyaga qarab 7 yoki 8 o‘rindiqli konfiguratsiyalarni taklif etadi. Keng salon, baland tom va o‘rindiqlarning ratsional joylashuvi yumshoq o‘tirishni va safar davomida qulaylikni ta’minlaydi.