Zamonaviy va ishonchli avtomobil egasi bo‘lishni xohlaysizmi yoki premium avtomobillarni afzal ko‘rasizmi? UzAuto Motors InfinBANK bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun Chevrolet avtomobillariga foydali avtokredit dasturlarini taklif etadi!
15 foizdan 35 foizgacha boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirib, Chevrolet avtomobillarini imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyatiga egasiz.
Aksiyadagi avtomobil modellar ro‘yxatii:
🔹 Chevrolet Onix
🔹 Chevrolet Equinox
🔹 Chevrolet Traverse
🔹 Chevrolet Tahoe
Aksiya shartlari:
🔹 Boshlang‘ich to‘lov - 15% dan 35% gacha;
🔹 Foiz stavkasi - yillik 18,99% dan 21,99% gacha;
🔹 Kredit muddati - 36 oydan 60 oygacha.
Aksiya 4 dekabrdan boshlanadi. Shoshiling, avtomobillar soni cheklangan!
Shu bilan birga, mazkur Aksiyadan tashqari avtosalonlarda quyidagi avtomobillar amaldagi shartlar asosida shartnoma tuzish uchun ham mavjudligini eslatib o‘tamiz:
🔹 Chevrolet Malibu XL - 375 000 640 so‘mdan;
🔹 Chevrolet Captiva - 299 900 000 so‘mdan;
🔹 Chevrolet Tracker - 218 062 880 so‘mdan.
Shuningdek, dekabr oyining ikkinchi yarmida (aniq sana kompaniyaning rasmiy sahifalarida alohida e’lon qilinadi) 2024-yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan ommabop avtomobillar uchun onlayn kontraktatsiya ochilishi rejalashtirilmoqda*:
🔹 Cobalt - 124 264 000 so‘mdan;
🔹 Damas - 93 156 000 so‘mdan;
🔹 Labo - 93 771 000 so‘mdan.
* Mijozlarning talablarini inobatga olgan holda, ushbu modellar uchun kontraktatsiya 2024 yilda ishlab chiqarish rejalashtirilgan hajm uchun ochiq bo‘ladi.
DIQQAT: Ommabop avtomobil modellarini xarid qilish uchun shartnomalar berish boshlangan kunlarda, kontraktatsiyani avtosalonlardan emas, balki faqat onlayn tarzda UzAutoSavdo ilovasi ((iOS/Android) va savdo.uzavtosanoat.uz veb-sayti orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
Onlayn kontraktatsiya tuzish uchun yo‘riqnoma ➡️
Kredit dasturi bo‘yicha InfinBANK call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin: 1214
Avtomobillar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish uchun: +998 78 141 7777