UZAUTO MOTORS’NING NAVBATDAGI REKORDI: AVGUSTDA ZAVOD KONVEYERLARIDAN 41 100 AVTOMOBIL CHIQDI

2023-yil avgust oyi natijalariga ko’ra, UzAuto Motors Asaka va Pitnak zavodlarida 41 100 donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarildi. Bunga ko’ra, Asaka avtozavodida 31 000, Pitnak filialida 10 mingta avtomobil ishlab chiqarilganligi qayd etildi. 

Ushbu ko’rsatkichga zavodning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, presslash, bo’yoqlash hamda yig’uv tsexi liniyalarida amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlar, ko’rilgan chora-tadbirlar, shuningdek jamoaning professional va muvofiqlashtirilgan ishi tufayli erishildi. 

Ma’lumot o’rnida aytib o’tish kerakki, zavodlarning o’rtacha quvvati oyiga 30 000 dona avtomobilni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich may oyidan buyon 30 foizga, avgust oyida esa 36 foizdan ortiqqa oshdi.

UzAuto Motors kompaniyasi yiliga 500 ming dona avtomobil ishlab chiqarish hajmiga erishish yo’lida bundan buyon ham ushbu o’sish sur’atni saqlab qolishda va maksimal natijalarga erishish niyatida.