Oʻzbekistonga yengilmas krossover — Chevrolet Traverse Z71 yangi avlod SUV modeli kirib kelmoqda🔥

Bu Traverse’ning mutlaqo yangi, salobatli va yo‘l tanlamas versiyasi bo‘lib, oʻzida shiddat, zamonaviy texnologiyalar va yorqin dizaynni birlashtirgan. Murakkab yoʻllarda ortga chekinmay, muammosiz olgʻa yuradigan bu model hatto ekstrimal safarlarda ham sizga pand bermaydi.

2,5 litrli turbinali dvigatel, 328 ot kuchi, 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va ikki muftali to‘liq yuritma tizimi haydovchiga to‘liq nazorat va haqiqiy drayv hissini beradi.

Chevrolet Traverse Z71 shiddat va oʻziga ishonch hissidan zavq oladiganlar, har qanday vaziyatda maksimal natijani xohlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.

Chevrolet Traverse Z71 bilan yangi kuch va yangi imkoniyatlaringizni kashf eting!